Braziliyalik Aleks Pereyra Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 320 musobaqasida yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechgan jangda rossiyalik Magomed Ankalaevni mag'lub etdi.

Jang birinchi raundda yakunlandi - Pereyra texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Jang 1 daqiqa 20 soniya davom etdi.

2025 yil mart oyida Ankalaev UFC 313 musobaqasida chempionlik jangida Pereyrani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.

Manba: www.stadion.uz.