UFC sobiq chempioni, nigeriyalik Kamaru Usmanning fikricha, o'rta vazn toifasida sobiq chempionlikka da'vogar (84 kg gacha) Xamzat Chimaev navbatdagi jangini braziliyalik Paulo Kostaga qarshi o'tkazishi kerak.

«Paulo Kosta Azamat Murzakanov bilan jangda qanchalik ajoyib ko'ringanini eslang. Eshiting, bu haqiqiy bomba! Paulo Kostani erga yiqitish va ushlab turish qanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz. Bu dahshatli to'qnashuv bo'ladi», — dedi Usman «Pound 4 Pound with Kamaru & Henry» podkastida.

Ma'lumot uchun, Kosta o'zining so'nggi jangini aprel oyida Mayamida bo'lib o'tgan UFC 327 turnirida o'tkazgan edi. O'shanda u rossiyalik Azamat Murzakanovni texnik nokaut bilan mag'lub etib, yarim og'ir vaznda (93 kg gacha) muvaffaqiyatli debyut qilgan.