UFC. Chimaevning Striklend bilan jang qilish niyati bo'lmagan

O'rta vazn toifasida (84 kg gacha) sobiq UFC chempioni Hamzat Chimaevning akasi Artur Chimaev, ukasi aslida Nyuarkdagi (AQSh) UFC 328 turnirida Shon Striklend bilan jang qilishni rejalashtirmaganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, 10 may kuni bo'lib o'tgan ushbu jangda Hamzat Chimaev hakamlarning bo'lingan qarori bilan mag'lubiyatga uchragan edi.
«Odamlarda nega bunchalik qisqa vaqt ichida ko'p vazn tashlashga qaror qilingani borasida savollar borligini tushunaman. UFC bilan aslida ukasining Irji Proxazkaga qarshi (93 kg vazn toifasida) jang qilishi bo'yicha kelishuv bor edi. Hatto shartnoma ham tayyor edi.
Biroq keyinroq u bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanib, Shon bilan jang qilishni iltimos qilishdi. Hamzat shunday insonki, bunday vaziyatlarda hech kimga rad javobini bermaydi. U jangni qabul qildi va 105 kg vazndan 84 kg gacha tushishga qaror qildi», — deya Artur Chimaevning so'zlarini keltirmoqda Sports.ru.