Armaniston va Rossiya sharafini himoya qiluvchi, engil vaznda UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan navbatdagi jangini engil vaznda sobiq UFC chempioni va BMF kamari sohibi Charlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi Red Fury MMA akkaunti xabar berdi.

Sportchilar uchun bu revansh jangi bo'ladi. Ular o'rtasidagi ilk bahs 2024 yil 13 aprelda bo'lib o'tgan va unda Tsarukyan hakamlarning bo'lingan qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Arman Tsarukyan 29 yoshda. Rossiyalik va armanistonlik jangchining MMAdagi professional rekord hisobida 23 ta g'alaba (15 tasi muddatidan oldin) va 3 ta mag'lubiyat bor. «Axalkalakets» laqabli jangchi aralash yakkakurashlardagi professional faoliyatini 2015 yilning sentyabrida boshlagan va 2019 yilning aprelidan beri UFC bilan hamkorlik qilib kelmoqda. U erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.

Manba: Stadion.uz