Bugun, 10 may kuni AQShning Nyuark shahrida navbatdagi UFC 328 turniri bo'lib o'tdi. Kechaning markaziy jangida BAA sharafini himoya qiluvchi Xamzat Chimaev va amerikalik Shon Striklend o'zaro to'qnash kelishdi.

O'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahs to'liq besh raund davom etdi. Jang yakunida hakamlarning qaroriga ko'ra, Shon Striklend g'alaba qozongan deb topildi va u chempionlik kamarini yana qaytarib oldi.

Ushbu natijadan so'ng Xamzat Chimaevning professional MMAdagi ko'rsatkichi 16 ta jang, 15 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni tashkil etmoqda. Bu Xamzat uchun faoliyatidagi birinchi mag'lubiyat bo'ldi. Shon Striklend esa o'z hisobidagi g'alabalar sonini 31 taga etkazib oldi (7 ta mag'lubiyat).

Eslatib o'tamiz, Xamzat Chimaev avvalgi jangida Drikus dyu Plessini mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Striklend esa ushbu jangga qadar Entoni Ernandesni nokautga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.

Manba: www.stadion.uz.