Ueyn Runi: «Edin Jeko etarlicha e'tirof olmadi»

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Ueyn Runi «Manchester Siti»ning sobiq forvardi Edin Jeko haqida fikr bildirdi.
Jeko «MYu»ga qarshi 6 o'yinda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergan. Ayniqsa, 6:1 hisobida «Siti» g'alabasi bilan yakunlangan mashhur derbi alohida tilga olinmoqda.
«O'sha paytda «Siti» juda kuchli jamoa edi: Ture, Kompani, darvozabon Xart. Jeko o'ziga xos o'yinchi bo'lgan, ammo u munosib darajada tan olinmadi», — deya Runining so'zlarini Manchester City News keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Edin Jeko «Manchester Siti» safida 2011–2015 yillarda 189 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol va 28 ta assist qayd etgan.
Kommentariyalar