Ueyn Runi Brunu Fernandesh haqida: "U bizni APL chempionligiga etaklay oladi"

"Manchester Yunayted" klubining sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoaning amaldagi sardori Brunu Fernandeshning o'yini va etakchilik qobiliyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda ko'rsatgan ajoyib o'yini uchun chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Premer-liga tarixidagi golli uzatmalar rekordini (21 ta) yangiladi.
"Men Brunu mashg'ulot maydonida sardor sifatida nima qilishi kerak bo'lsa, shuni bajarishini yaxshi bilaman. U boshqalarga yordam berishga intiladi va ularni ilhomlantiradi. Kim nima demasin, biz barchamiz uning etakchilik fazilatlarini ko'rib turibmiz. Fernandesh – ajoyib sardor. Umid qilamanki, tarkib kerakli darajada kuchaytirilsa, u bizni APLda g'alabaga etaklaydi", – deydi Runining so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" yakuniga etgan Premer-liga mavsumini uchinchi o'rinda yakunlashdi.