Denni Uelbek "Manchester Yunayted" darvozasiga 7-golni kiritdi.

"Brayton" APL 9-turida safarda Ruben Amorim jamoasiga mag'lub bo'ldi (2:4).

"MYu" tarbiyalanuvchisi va sobiq hujumchisi Denni Uelbek 74-daqiqada Senne Lammens darvozasini ishg'ol qildi. U barcha turnirlarda sobiq jamoasiga qarshi o'yinlarda 7-golni va Premer-ligada 6-golni kiritdi.

Uelbek faoliyati davomida hech bir jamoaga bunchalik ko'p gol urmagan.