UEFAning Isroilni chetlatish qarori FIFA bilan qarama-qarshilikka sabab bo'lishi mumkin

UEFAning Isroil klublari va terma jamoalarini Evropa musobaqalaridan chetlatish qarori tashkilotning FIFA bilan qarama-qarshiligiga sabab bo'lishi mumkin.
Xalqaro federatsiya bu qarorni qo'llab-quvvatlashi dargumon. Bu holatda Isroil terma jamoasi Evropa saralashida ishtirok etayotganiga qaramay, 2026 yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok etishda davom etadi.
Shu tariqa, ikki tashkilot o'rtasidagi munosabatlar jiddiy keskinlashishi mumkin, deb hisoblaydi Independent.
Avvalroq UEFA Isroilni 23 sentyabrdayoq chetlatishi mumkinligi, biroq AQSh siyosiy kuchlarining aralashuvi tufayli buni amalga oshirmagani haqida xabar berilgandi.
Keyinroq Isroil jamoalari baribir Evropa musobaqalaridan chetlatilishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.