Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Serbiyaning “Tsrvena Zvezda” klubini Evropa Ligasi doirasidagi Frantsiyaning “Lill” jamoasiga qarshi o'yinda tribunalarda avliyo tasviri aks etgan bannerlar uchun jazolashga qaror qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Avliyo portreti muxlislarning sinxron aktsiyasi natijasida hosil qilingan. Tasvir ostiga esa “E'tiqodimiz bizni g'alaba sari etaklasin” degan jumla yozilgan. UEFA ushbu aktsiyani “sport tadbiri uchun nomunosib” deb topdi va klubni “futbol hamda UEFA nufuziga putur etkazish”da ayblab, 40 ming evro miqdorida jarimaga tortdi.

Umumiy hisobda, “Tsrvena Zvezda” mazkur uchrashuvdan so'ng muxlislarining xulq-atvori uchun jami 95,5 ming evro jarima to'laydigan bo'ldi. Xususan, ishqibozlar maydonga turli buyumlar uloqtirishgan va faerlar yoqqan.

Eslatib o'tamiz, 26 fevral kuni Belgradda bo'lib o'tgan uchrashuv “Tsrvena Zvezda”ning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan edi. Pley-off bosqichining dastlabki o'yinida jamoa safarda “Lill” ustidan 1:0 hisobda g'alaba qozongan edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, Frantsiya jamoasi turnirning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Avvalroq, tashkilot Chempionlar Ligasi doirasida o'tkazilgan pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvida muxlislar tomonidan irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etilgani uchun “Benfika”kani 40 ming evro miqdorida jarimaga tortgan edi. Bundan tashqari, klub UEFA nazoratidagi navbatdagi uy uchrashuvi uchun 500 dona chipta sotish huquqidan mahrum etilgan. Muxlislar tomonidan lazer ko'rsatkichidan foydalanilgani uchun esa klub yana 8 ming evro jarima to'lshi belgilangan.

Manba: daryo.uz