UEFA suv ichish uchun tanaffuslarni ommaviy ravishda joriy etmaydi

Jahon chempionati — 2026 davomidagi uch daqiqalik «salqinlashish» tanaffuslari amaliyoti bahs-munozaralarga sabab bo'lishda davom etmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, istisnosiz barcha o'yinlar futbolchilarning suv balansini tiklab olishlari uchun har bir bo'limda 2-3 daqiqaga to'xtatiladi. Ba'zi mamlakatlarning teleko'rsatuv xodimlari esa bu vaqtdan reklama namoyish etish uchun faol foydalanmoqdalar.
L’Équipe nashrining ta'kidlashicha, Evropa futbol tuzilmalari ushbu tizimni avtomatik ravishda qabul qilishni rejalashtirmayapti. Manbaning xabariga ko'ra, UEFA rahbariyati futbolchilarga faqatgina yuqori harorat ostida o'tadigan uchrashuvlardagina dam olish imkoniyatini berish tarafdori bo'lib chiqmoqda.
Frantsiya futboli rahbariyati ham xuddi shu yo'ldan boradi.