UEFA Superkubogi uchun kurashadigan har ikkala jamoa nomi ma'lum bo'ldi

UEFA Superkubogi uchun kurashadigan har ikkala jamoa nomi ma'lum bo'ldi.
Bugun «PSJ» ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Finalda Luis Enrike shogirdlari «Arsenal»ni penaltilar seriyasida taslim etdi.
Bundan avvalroq Evropa ligasida g'olib chiqqan «Aston Villa» klubi Superkubok uchun kurashish huquqini qo'lga kiritgandi. Frantsiya va Angliya klublari 12 avgust kuni o'zaro bahs olib borishadi.
Ta'kidlash joizki, 2025 yilning avgust oyida «PSJ» ushbu kubok uchun kechgan bahsda «Tottenxem»ni mag'lub etgan edi.