UEFA «Real»ning Superliga tuzish bo'yicha taklifini blokirovka qilgani uchun tashkilotni sudga berish niyati haqidagi ma'lumotga izoh bermadi.

«Bu borada bizda hech qanday izoh yo'q», — deb TASS agentligiga UEFA matbuot xizmati javob qaytargan.

Avvalroq Financial Times nashri xabar berishicha, «Real» ko'rilgan zarar uchun 4 milliard evrogacha miqdorda tovon talab qilishni rejalashtirmoqda.