UEFA prezidenti: "Bizni faqat siyosatga qarab ish tutadi deb o'ylasangiz, adashasiz"

UEFA prezidenti Chempionlar ligasi finalini Vengriyada o'tkazish qaroridan qaytmayapti.
Joriy mavsumdagi asosiy evrokubokning hal qiluvchi o'yini Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da bo'lib o'tadi.
- Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. Bosh vazir Viktor Orbanning Rossiya bilan davom etayotgan munosabatlari va Ukraina bilan bo'lgan keskinlikni hisobga olsak, finalning bu erda o'tkazilishidan xavotirdamisiz?
- Menimcha, agar bizda bu borada qandaydir muammolar bo'lsa, siyosiy tashkilotga aylangan bo'lardik. Vengriya bizning a'zomiz. Men vengerlarni hurmat qilaman. Men Vengriya hukumatini Germaniya hukumati yoki Evropadagi boshqa hukumatlar kabi hurmat qilaman. Bizni faqat siyosatga qarab ish tutadi deb o'ylasangiz, adashasiz", - dedi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin.