UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Krishtianu Ronalduni futbol tarixidagi eng kuchli uch nafar futbolchi qatoriga kiritdi.

— Krishtianu Ronalduning futbol uchun ahamiyati qay darajada?

— Avvalo shuni aytish kerakki, men uni Portugaliyaning dunyo miqyosidagi eng buyuk targ'ibotchisi deb hisoblayman. Men hech qachon u kabi raqobatga chanqoq insonni ko'rmaganman. U to'xtashni istamaydi, u davom etmoqchi.

Uning yutuqlari haqiqatdan ham hayratlanarli — ularni barchasini sanash uchun ikki soat kerak bo'ladi. Men unga inson sifatida ham, futbolchi sifatida ham katta hurmat bilan qarayman. Shuningdek, u xayriya ishlari bilan ham shug'ullanadi — buni qilishga majbur bo'lmasa-da.

Krishtianu Ronaldu — futbol tarixidagi uchta eng buyuk nomdan biri, — dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Manba: sports.ru