UEFA nemis klubini jazoladi

"Bavariya" klubi jarimaga tortildi. Xabarlarga ko'ra, UEFA myunxenliklar rahbariyatini jarimaga bilan "siylagan". Klub 116 ming evro miqdorida jarimaga tortilgani aytilmoqda.
Bunga jamoaning oy avvalidagi "Sporting"ga qarshi o'yinda muxlislar yo'llarni to'sib, mushaklar ishlatgani sabab bo'ldi. Shuningdek "Allianz Arena"ning bir qismi keyingi xalqaro bahsda yopiladi. Hozirda "Bavariya" UEFA tomonidan eng ko'p jarima solingan jamoa bo'lib qolmoqda.
Manba: newsnow.co.uk