Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasining 2025/26-yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Mavsumning ramziy terma jamoasidan quyidagi futbolchilar joy oldi:

Darvozabon: David Rayya («Arsenal»);

Himoyachilar: Nunu Mendesh («PSJ»), Gabriel Magalyans («Arsenal»), Markinos («PSJ»), Markos Lorente («Atletiko»);

Yarim himoyachilar: Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Vitinya («PSJ»), Deklan Rays («Arsenal»), Maykl Olise («Bavariya»);

Hujumchilar: Xarri Keyn («Bavariya»), Usmon Dembele («PSJ»).