Agar Isroil UEFAdan chetlatilsa, Tel-Avivning «Makkabi» klubi o'rniga Evropa ligasida Kievning «Dinamo»si ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda "The Guardian" nashri.

«UEFA tayyorlayotgan va shu haftada ijroiya qo'mitasiga ovoz berish uchun kiritilishi kutilgan rejalarga ko'ra, Isroil faqat to'g'ridan-to'g'ri UEFA tomonidan o'tkaziladigan turnirlardan chetlatiladi. Bu degani, Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari Millatlar ligasida qatnashmaydi, Tel-Avivning «Makkabi» klubi esa bu mavsum Evropa ligasidan chiqarib yuboriladi.

«Makkabi» payshanba kuni Evropa ligasi 2-turida Zagrebning «Dinamo»siga qarshi o'ynashi kerak. Ushbu uchrashuvning bo'lib o'tishi kutilmoqda, ammo bu klub uchun turnirdagi so'nggi o'yin bo'lishi mumkin. O'rniga boshqa jamoa izlanadi, eng ehtimoliy nomzod — saralashda isroilliklarga yutqazgan Kievning «Dinamo»si. Biroq bu qaror Konferentsiyalar ligasida ham o'zgarishlarga olib kelishi mumkin», — deb yozadi manba.

Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA ijroiya qo'mitasi a'zolarining aksariyati Isroilni chetlatish tarafdori ekani xabar qilingan edi.