UEFA "Kristal Pelas"ni "UEFA - mafiya" yozuvi tushirilgan banner uchun jarimaga tortdi.

Angliya jamoasi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Evropa Ligasiga yo'llanma olgan, ammo bir nechta klublarga egalik qilish qoidalari tufayli UEFA qarori bilan Konferentsiyalar Ligasiga o'tkazilgandi. Iyungacha ularga va Evropa Ligasiga yo'llanma olgan boshqa bir jamoa "Lion"ga bitta xo'jayin Jon Tekstor egalik qilgan edi.

Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Fredrikstad"ga qarshi o'yinda (1:0) "Kristal Pelas" muxlislari "UEFA - mafiya" yozuvi tushirilgan bannerni ilib qo'yishdi.

Boshqaruv organini obro'sizlantirish va sport tadbiri qoidalariga mos kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish uchun klub UEFA reglamentining 16 (2) (e) va 11 (2) (d) moddalariga muvofiq 10 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.