UEFA koeffitsientlar jadvali yangilandi: Angliya yana karvonboshi, kuchli beshlikda o'zgarishlar

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, UEFA klublar koeffitsientlari reytingi yangilandi. Unga ko'ra, Angliya chempionati ketma-ket oltinchi mavsum Evropa futbolida etakchilikni saqlab qoldi.
Angliyaning hukmronligi Premer-liga vakillari joriy mavsumda 119,519 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Evorkuboklarda ishtirok etgan to'qqizta ingliz klubi musobaqa davomida ikkita nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi: «Aston Villa» Evropa Ligasida, «Kristal Pelas» esa Konferentsiyalar Ligasida chempionlikni rasmiylashtirdi. Chempionlar Ligasi finalida esa «Arsenal» «PSJ»ga qarshi kechgan dramatik bahsda penaltilar seriyasida (3:4) imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Reytingning yuqori qismi:
-
Angliya — 119,519
-
Italiya — 99,946
-
Ispaniya — 97,046
-
Germaniya — 92,902
-
Frantsiya — 83,498
Portugaliya niderlandlarni ortda qoldirdi
Reytingning ikkinchi beshligida ham bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Xususan, Portugaliya (73,166) Niderlandiyani (67,929) ortda qoldirib, 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Bunga «Sporting»ning Chempionlar Ligasi chorakfinaligacha etib borgani, PSV va «Ayaks»ning esa pley-off bosqichiga chiqa olmagani sabab bo'ldi.
Shuningdek, Turkiya (51,875) Chexiyani (48,525) ortda qoldirib, o'z pozitsiyasini yaxshilab oldi.