Isroil xalqaro musobaqalardan chetlatilmaydi.

Ilgari xabar qilinganidek, Isroilni chetlatish masalasi 23 sentyabr kuni UEFA ijroiya qo'mitasi tomonidan ovozga qo'yilishi rejalashtirilgandi.

Israel Hayom gazetasi yozishicha, bu masala endi kun tartibida yo'q. Isroil futbol assotsiatsiyasiga nomlari oshkor etilmagan diplomatlar, assotsiatsiya rahbarlari va futbol amaldorlari yordam bergan.

Ta'kidlanishicha, bu jarayonda Amerika Qo'shma Shtatlari rasmiylari ham ishtirok etib, UEFA rahbarlaridan "mavjud holatni o'zgartirmaslikni" talab qilishgan.