UEFA Evro-2028 chiptalari bo'yicha yangi rejalar tuzdi

UEFA Evro-2028 uchun «fan-first» (muxlis birinchi navbatda) deb nomlangan tejamkor strategiyani joriy etmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad — yuqori darajadagi futbolni keng ommaga yanada qulayroq qilishdir. Eslatib o'tamiz, 2028 yilgi Evropa chempionati Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo'lib o'tadi.
Angliyada chiptalar narxining yuqoriligi hammaga yaxshi ma'lum bo'lgan holatdir. UEFA Evropa chempionati o'yinlari uchun chiptalarni 35 evrodan taklif qila olishiga umid qilmoqda, deb xabar beradi Frantsiyaning L'Equipe nashri. Chiptalarning taxminan 15 foizi aynan shu narxda, yana 25 foizi esa 70 evro atrofidagi narxlarda sotilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, hozirda Ispaniya terma jamoasi amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi.