UEFA 2024/2025 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha evrokuboklarda ishtirok etgan klublarga to'langan mukofot pullari miqdorini rasman e'lon qildi. Yangi formatdagi ilk mavsum tashkilot uchun moliyaviy jihatdan rekord darajada muvaffaqiyatli bo'ldi.

Eng katta ulush kutilganidek Evropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilariga nasib etdi. UEFA ushbu turnir uchun jami 2,467 milliard evro ajratdi, bu esa Evropa Ligasiga to'langan mablag'dan qariyb 2 milliard evroga ko'p demakdir.


Evrokuboklardagi jami to'lovlar (2024/2025 mavsumi):

Turnir Jami to'lov miqdori
UEFA Chempionlar Ligasi 2,467 mlrd €
UEFA Evropa Ligasi 564 mln €
UEFA Konferentsiyalar Ligasi 285,2 mln €

Finalchilarning daromadlari:

Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan jamoalarning daromadlari ichki va xalqaro marketing ulushlari sababli farq qildi:

  • «PSJ» (ChL g'olibi) — 144,4 mln € (ba'zi manbalarda 148 mln evrogacha).

  • «Inter» (ChL finalchisi) — 136,6 mln €.

Evropa Ligasining hal qiluvchi bahsida to'qnash kelgan ingliz klublari esa sezilarli darajada kamroq daromad olishdi:

  • «Tottenxem» — 41,3 mln €.

  • «Manchester Yunayted» — 36,4 mln €.

    Qayd etish joizki, yangi formatga ko'ra, Chempionlar Ligasining guruh (umumiy) bosqichida qatnashgan har bir jamoa kamida 18,62 mln evro miqdoridagi kafolatlangan to'lovga ega bo'lgan.