UEFA Chempionlar ligasi ilk yarim finaliga hakamlar tayinladi

Sandro Sherer Chempionlar ligasi doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi.
Jamoalar seshanba kuni Parijda ilk yarim final uchrashuvini o'tkazishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (seshanbadan chorshanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.
Shveytsariyalik hakamga Ispaniyadan kelgan hakamlar brigadasi yordam beradi. VAR tizimi uchun esa Karlos del Serro Grande mas'ul etib tayinlandi.