Evropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) rasmiy saytida Chempionlar ligasi-2026/2027 mavsumi birinchi saralash bosqichiga tashlangan qur'a natijalarini e'lon qildi.

  • «Sabah» (Ozarbayjon) — «Nyu-Seynts» (Uels);

  • «Floriana» (Malta) — «Shemrok Rovers» (Irlandiya);

  • «Flora» (Estoniya) — «Iberiya 1999» (Gruziya);

  • «Linkoln» (Gibraltar) — «Inter Klub Eskaldes» (Andorra); *

  • «Tre Fiori» (San-Marino) — «Larn» (Shimoliy Irlandiya); *

  • «Ararat-Armaniston» (Armaniston) — «Riga» (Latviya);

  • «Vardar» (Shimoliy Makedoniya) — KuPS (Finlyandiya);

  • «Kauno Jalgiris» (Litva) — «Drita» (Kosovo);

  • ML «Vitebsk» (Belarus) — «Universitatya Krayova» (Ruminiya);

  • «Petrokub» (Moldova) — «Egnatiya» (Albaniya);

  • «Borats Banya-Luka» (Bosniya va Gertsegovina) — «Levski» (Bolgariya);

  • «Vikingur» (Islandiya) — «Dyor» (Vengriya);

  • «Qayrat» (Qozog'iston) — «Suteska» (Chernogoriya);

  • KI «Klaksvik» (Farer orollari) — «Atert Bissen» (Lyuksemburg).

Dastlabki o'yinlar 7–8 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Javob bahslari esa 14–15 iyul sanalariga belgilangan.

* Kuchlar muvozanatini qayta taqsimlash maqsadida o'tkazilgan qo'shimcha qur'a natijasiga ko'ra, ushbu ikki juftlikda mag'lub bo'lgan jamoalar UEFA Konferentsiyalar ligasining ikkinchi emas, balki uchinchi saralash bosqichiga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi «Pari Sen-Jermen» hisoblanadi. Parijliklar finalda Londonning «Arsenal» klubini mag'lub etgan edi (1:1, penaltilar seriyasi — 4:3).

Navbatdagi mavsum finali 2027 yil 5 iyun kuni Madrid shahridagi «Riyad Eyr Metropolitano» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: championat.com