UEFA "Benfika"ning Prestianniga qarshi apellyatsiyasini rad etdi

UEFA "Benfika"ning Janluka Prestianni diskvalifikatsiya qilish bo'yicha apellyatsiyasini rad etdi.
Argentinalik yarim himoyachi bugungi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Benfika" tomonidan berilgan apellyatsiya rad etildi. Shundan kelib chiqib, UEFA Nazorat-axloq va tartib-intizom organining 2026 yil 23 fevraldagi qarori o'z kuchida qoladi.
Janluka Prestianni vaqtincha chetlatildi va UEFA klub musobaqalarining keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi, aks holda u ishtirok etish huquqiga ega bo'lardi", - deyiladi UEFA bayonotida.