UEFA «Atletiko»ni Chempionlar ligasidagi hojatxona qog'ozi bilan bog'liq holat uchun jarimaga tortdi

UEFAning Nazorat, etika va intizom qo'mitasi Madridning «Atletiko» klubini 15 ming evro miqdorida jarimaga tortdi. Bunga Chempionlar ligasi yarim finalida «Arsenal»ga qarshi o'tgan birinchi uchrashuvdagi holat sabab bo'ldi.
Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo'lib o'tgan bahs davomida «Atletiko» muxlislari maydonga turli buyumlarni uloqtirgan. Ular orasida hojatxona qog'ozi ham bo'lgan. UEFA mazkur harakatni mehmon jamoaga nisbatan “hurmatsizlik” sifatida baholagan.
Intizom qo'mitasi bu kabi harakatlar futbolchilar va hakamlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini ta'kidlab, qoidalar buzilganini qayd etdi.
Jarima UEFA Nazorat, etika va intizom qo'mitasi hisoboti asosida qo'llanildi.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra «Atletiko» «Arsenal»ga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi.