Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) va 55 ta milliy assotsiatsiyaning hakamlik bo'yicha mutasaddilari Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) tomonidan 2026/27 yilgi mavsum uchun kiritilgan qoidalar o'zgarishini qo'llab-quvvatladi.

So'z autdan to'pni o'yinga kiritishdagi vizual 5 soniyalik ortga hisoblash va o'yinchini almashtirish uchun ajratilgan 10 soniyalik limit haqida bormoqda.

«O'yin qoidalarini yanada bir xil va aniq qo'llashga qaratilgan tavsiyalarni 55 ta milliy assotsiatsiya bilan muvofiqlashtirish — bu juda muhim bosqich. Bu futbolchilar, klublar, ishqibozlar va sirtdan manfaatdor bo'lgan barcha taraflarga hakamlar qarorini yaxshiroq tushunishga yordam beradi», — deydi UEFAning hakamlik masalalari bo'yicha direktori Roberto Rozetti.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Meksika, AQSh va Kanada maydonlarida bo'lib o'tgan edi. Turnir g'olibligini finalda Argentinani qo'shimcha bo'limlarda (1:0) taslim etgan Ispaniya terma jamoasi qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz