"Udineze" Dzanoloni to'liq sotib olmoqchi

Italiyalik hujumkor yarim himoyachi Nikolo Dzanolo hozirda "Udineze" safida "Galatasaroy"dan ijara asosida harakat qilmoqda.
Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, A Seriya klubi rahbariyati va murabbiylariga 26 yoshli futbolchi ko'rsatayotgan o'yin ma'qul kelmoqda. Ular turk klubi bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor futbolchini to'liq sotib olmoqchi.
Dzanolo hozirda Transfermarkt tomonidan 12 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 10 ta o'yinda 4 ta gol urdi.