Uchta top-klub Goretska uchun kurashadi

Uchta top-klub yozda «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretskani tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, futbolchiga «Atletiko», «Milan» va «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda. Yozda Goretska erkin agentga aylanadi, chunki «Bavariya» uning jamoani tark etishini rasman ma'lum qildi. Shu sababli u istalgan klubga bepul o'tishi mumkin.
Joriy mavsumda Leon Gorettska «Bavariya» safida 28 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.