Uch mamlakat zudlik bilan Isroilni UEFA turnirlaridan chetlatishni talab qilmoqda

Isroilga nisbatan futbol sanktsiyalarini qo'llash masalasi hamon muhokama qilinmoqda. RMC Sport xabariga ko'ra, Ispaniya, Turkiya va Norvegiya futbol uyushmalari UEFAni Isroil jamoalarini zudlik bilan chiqarib tashlashga undamoqda.
Shuningdek, Angliya futbol uyushmasi ham Isroilning darajasini o'zgartirish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda, manba ta'kidlashicha, UEFA rahbari Aleksandr Cheferin hamon juda ehtiyotkor bo'lib, Isroil masalasini nihoyatda nozik deb hisoblamoqda.
UEFAning ijroiya qo'mitasi navbatdagi yig'ilishi 3 dekabr kuni bo'lib o'tadi.