Uayt 2024 yildan buyon ilk bor "Arsenal" safida gol urdi

"Arsenal" himoyachisi Ben Uayt 2024 yil bahoridan beri ilk bor gol urdi.
"Chelsi"ga qarshi Angliya Liga Kubogi yarim final dastlabki bahsining 7-daqiqasida Uayt burchak zarbasi uzatilgan uzatmadan so'ng gol urib, hisobni ochdi. Deklan Rays assist muallifi bo'ldi.
28 yoshli himoyachi 2024 yil 23 apreldan beri ilk bor "Arsenal" safida gol urdi - o'shanda Uayt APL o'yinida "Chelsi" darvozasiga dubl qayd etgandi (5:0). Benning golsiz seriyasi 43 ta o'yin davom etdi.