O'zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralashi 2-turida Qirg'iz Respublikasi bilan durang o'ynadi - 2:2. Bahs Bishkekda o'tkazildi.

Mezbonlar safida Beknaz Almazbekov (1) va Arsen Sharshenbekov (52) gol muallifi bo'lishdi. Hamyurtlarimizdan Rustam Turdimurodov (11) va Behruzbek Askarov (42) gol urdi.

Turnir jadvalida O'zbekiston 4 ochko bilan peshqadam. Qirg'iz Respublikasi hisobida ham shuncha ochko bor. Ularda to'plar farqi biroz yomonroq.

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. 2-tur

Qirg'iziston U-23 - O'zbektiston U-23 2:2

Hakamlar: Qosim Matar (O'mon), Nasser Salim (O'mon), Ali Mokdad (Livan) Shayh Ahmad Aladin (Livan)

Gollar: Beknaz Almazbekov 1, Rustam Turdimurodov 11, Behruzbek Asqarov 42, Arsen Shershinbekov 57

Qirg'iziston U-23: 1. Sultan Chomoev, 2. Kristian Brauzman, 4. Said Datsiev, 6. Kayrat Abdurasulov, 8. Mirlan Bekberdinov, 11. Biimirza Zenishbekov, 14. Bakitbek Mirzalim Ulu, 17. Arslan Bekberdinov, 18. Beknaz Almazbekov, 20. Marlen Murzaahmatov, 21. Kimi Merk

Zaxira: 3. Anton Polev, 5. Daniel Razulov, 7. Edil Osmonov, 9. Erbol Abdujaparov, 10. Arsen Shershinbekov, 12. Bektur Kochkonbaev, 13. Melis Tashtanov, 15. Emirxan Kidrishev, 16. Aziret Esmanaliev, 19. Nursultan Toktonaliev, 22. Kudret Iskanderbekov, 23. Iriskeldi Madanov

O'zbekiston: 21. Edem Nemanov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 6. Jahongir O'rozov, 8. Behruzbek Asqarov, 10. Umarali Rahmonaliev, 13. Asilbek Jumaev (7. Aziz Xolmurodov,73), 15. Diyor Ortiqboev (4. Muhammadrasul Abdumajidov, 46), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (2. Izzatillo Po'latov, 90+1), 20. Mahmudjon Mahamadjonov, 22. Otabek Ahadov (11. Sardorbek Bahromov,73), 23. Rustam Turdimurodov (16. Samandarjon Mavlonqulov, 81)

Zaxira: 1. Otabek Boymurodov, 5. Dilshod Abdullaev, 9. Sherzod Esanov, 12. Samandar Muratbaev, 14. Oybek O'rmonjonov, 18. Saidafzalxon Ahrorov, 19. Muhammadali Reimov

Manba: www.stadion.uz.