Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U21 terma jamoasi bugun Toshkentda Qozog'iston yoshlar jamoasiga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Bahsning katta qismida hisob ochilmadi. Vaholanki, o'yinning 2-daqiqasida gol urishimiz mumkin edi, ammo raqib darvozaboni to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishga ulgurdi.

84-daqiqada esa qozog'istonlik markaziy himoyachi xatoga yo'l qo'yishi oqibatida Firdavs Abdurahmonov to'pni egallab oldi va psobon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg'ol qildi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

U21 o'rtoqlik o'yini.
O'zbekiston - Qozog'iston - 1:0 (0:0)
Gol: Firdavs Abdurahmonov (84)

Manba: stadion.uz