Yoshlar o'rtasidagi 2025 yilgi Jahon chempionatida 1/4 finalga yo'l olgan jamoalar aniqlandi.

Kuchli sakkizlikka Afrikaning bir jamoasi (Marokash), Janubiy Amerikaning ikki jamoasi (Argentina va Kolumbiya), Shimoliy Amerikaning ikki jamoasi (AQSh va Meksika), shuningdek, Evropaning 3 jamoasi (Norvegiya, Frantsiya va Ispaniya) kirdi. Osiyoning hech bir jamoasi 1/8 final to'sig'idan o'ta olmadi. Nimchorak final bosqichida Janubiy Koreya va Yaponiya imkoniyatni boy berishdi.

1/4 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

Argentina — Meksika
Kolumbiya — Ispaniya
AQSh — Marokash
Frantsiya — Norvegiya

Chorak final uchrashuvlari 11, 12 va 13 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati 27 sentyabrdan 19 oktyabrgacha Chilida o'tkazilmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni — Urugvay terma jamoasi.

Manba: stadion.uz