Yoshlar (U20) o'rtasidagi futbol bo'yicha 2025 yilgi jahon chempionatida 1/8 final bosqichiga chiqqan barcha jamoalar aniqlandi.

Pley-off bosqichiga 16 ta terma jamoa yo'l oldi:

— har bir guruhda birinchi o'rinni olgan 6 jamoa: Yaponiya, Ukraina, Marokash, Argentina, AQSh, Kolumbiya;

— ikkinchi o'rinni egallaganlar: Chili, Paragvay, Meksika, Italiya, JAR, Norvegiya;

— shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta uchinchi o'rin sohiblari: Frantsiya, Nigeriya, Janubiy Koreya va Ispaniya.

1/8 final juftliklari quyidagicha:

Chili — Meksika
Argentina — Nigeriya
Ukraina — Ispaniya
Kolumbiya — JAR
AQSh — Italiya
Marokash — Janubiy Koreya
Paragvay — Norvegiya
Yaponiya — Frantsiya

Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati Chilida 27 sentyabrdan 19 oktyabrgacha bo'lib o'tmoqda. Amaldagi chempion — Urugvay U20 terma jamoasi.

Manba: stadion.uz