U17 jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Turkiyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Butun bahs davomida har ikki jamoa yuqori temp bilan harakat qilib, g'alaba uchun to'p tepdi. Ammo jamoalarga bugun gol urish nasib etmadi.

Ikki kun avval o'tkazilgan dastlabki o'rtoqlik o'yinida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.

U17 o'rtoqlik o'yini.
O'zbekiston - Turkiya - 0:0
14 oktyabr. "Jar" stadioni.

Manba: stadion.uz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.