«U — taktik daho»: Pavlovich Allegrining o'ziga xos uslubi haqida

Italiyaning «Milan» klubi himoyachisi Straxinya Pavlovich bosh murabbiy Massimiliano Allegrining uslubi o'ziga xos jihatlari nimada ekanligiga to'xtaldi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, mutaxassis mayda detallarga juda e'tiborli.
«U — taktik daho. Allegri futbolchilarni maydonda to'g'ri joylashtirish va himoyalanish vaqtida ular orasidagi masofani to'g'ri belgilashni juda yaxshi biladi. Mana shu kichik detallar katta farqni yuzaga keltiradi. Bu jihatlarni talqin qilishda u eng yaxshisidir», — deya Pavlovichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri o'tgan yilning yozida «Milan» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Avvalroq mutaxassis o'tgan o'n yillikning birinchi yarmida ham ushbu klubda faoliyat yuritgan.