"U menga o'xshaydi": Firmino "Liverpul" forvardiga baho berdi

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi, hozirda Qatarning "As-Sadd" jamoasida to'p tepayotgan Roberto Firmino Yugo Ekitike haqida gapirdi.
Yozda "qizillar" frantsiyalik hujumchini Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 mln evroga sotib olgan edi.
"Menga Yugo juda yoqadi - u to'p bilan zo'r ishlaydi. U nimasi bilandir meni "Liverpul"ga endigina kelgan davrimni eslatadi," - dedi 34 yoshli braziliyalik TNT Sports bilan suhbatda.
Roberto Firmino 2015 yildan 2023 yilgacha mersisaydliklar sharafini himoya qilgan.