"U maydonda uchib yuribdi": Kroos Valverdening o'yinidan hayratda

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa futbolchilaridan birini maqtadi. Germaniyalik sobiq yulduzga yarim himoyachi Federiko Valverdening so'nggi vaqtlardagi o'yini manzur bo'lmoqda.
«Valverde maydonda shunchaki uchib yuribdi. U hozirda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. U nafaqat yuqori mahoratga, balki to'g'ri mentalitetga ham ega bo'lgan futbolchidir», — deya Kroosning so'zlarini keltirmoqda Goal portali.
So'nggi paytlarda Federiko Valverde muntazam ravishda gol urmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida urugvaylik futbolchi xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
Qo'shimcha qilish joizki, «Real» ayni damda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.