«U klub DNKsida o'chmas iz qoldirdi». Shayx Mansur Gvardiola faoliyatiga baho berdi

"Manchester Siti" xo'jayini Shayx Mansur ibn Zaid Ol Nahayon jamoaning bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning klubdagi faoliyatiga baho berdi, deb xabar qilmoqda Sports.kz.
— Men ancha vaqt oldin «Manchester Siti»da ham maydonda, ham uning tashqarisida eng yaxshi insonlar bo'lishi kerakligini aytgandim. O'n yil davomida Pep aynan shu orzularning ifodasi bo'ldi. U klub DNKsida o'chmas iz qoldirdi. Bu iz nafaqat yutilgan sovrinlar soni, balki uning qanday g'alaba qozongani bilan ham bog'liq. U men va butun «Siti» oilasining cheksiz minnatdorchiligiga loyiq. U har doim shu oilaning bir qismi bo'lib qoladi, — dedi shayx Mansur.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan 2026 yilgacha boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi.