Britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionatidagi navbatdagi sermahsul o'yini haqida fikr bildirdi.

"An-Nasr" forvardi "Al-Ohdud"ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Morganning ta'kidlashicha, futbolchi qaerda o'ynashidan qat'i nazar, muntazam ravishda gol urishda davom etmoqda.

- U hech qachon gol urishdan to'xtamaydi. Dunyoning istalgan nuqtasida, istalgan jamoa uchun, - deb yozdi Morgan.

Uning qo'shimcha qilishicha, tarixdagi eng buyuk futbolchi haqidagi bahslar davom etishi mumkin, ammo eng sermahsul va barqaror to'purar masalasida u shubha qilmaydi.