"U buyuk futbolchilar orasida qolgan edi": Nesta Allegrining "Milan"dagi ilk qadamlarini yodga oldi

Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Nesta Massimiliano Allegrining 2010 yilda, ilk bor jamoani boshqarish uchun kelgan davrlarini yodga oldi. Nestaning so'zlariga ko'ra, o'sha paytda u yosh murabbiyga ko'maklashishiga to'g'ri kelgan.
«O'shanda biz ko'p suhbatlashardik, men va Pirlo Maksga jamoaga moslashib ketishi uchun yordam berardik. U engina «Kalyari»dan kelgan yosh mutaxassis edi va har qadamda buyuk futbolchilar uchraydigan klub kiyinish xonasini boshqaruvini qo'lga olish u uchun oson bo'lmagan», — deya Nestaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it nashri.
Hozirgi vaqtda «Milan» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.