Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'z nihoyasiga etdi. Musobaqa finalida Yaponiya Xitoyni yirik 4:0 hisobida mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.

Dastlab, uchrashuvning 12-daqiqasida Yuto Ozeki hisobni ochgan bo'lsa, 20-daqiqada Kosei Ogura farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymda ham "samuraylar" ikki gol urishga muaffaq bo'ldi. Ryunosuke Sato penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, 76-daqiqada Ogura dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, "Kunchiqar yurt" yoshlari o'z tarixida uchinchi bor Osiyo chempioni bo'ldi.

U-23 Osiyo kubogi. Final
24 yanvar, 20:00
Xitoy - Yaponiya - 0:4
Gollar: 12' 0:1 - Yuto Ozeki, 20' 0:2 - Kosei Ogura, 59' 0:3 - Ryunosuke Sato (penaltidan), 76' 0:4 - Kosei Ogura.

Manba: www.stadion.uz.