Saudiya Arabistonida o'tayotgan U-23 Osiyo kubogi bahslarida bugun 3-o'rin uchun o'yin o'tkazildi.

Ushbu bahsda Vetnam Janubiy Koreya bilan to'qnash keldi.

O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqtida 2:2 hisobida durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida vetnamliklar aniqroq harakat qilishdi (7:6) va turnir bronza medallariga ega chiqishdi.

24 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da turnir hal qiluvchi o'yinida Xitoy Yaponiya bilan to'qnash keladi.

U-23 Osiyo kubogi. 3-o'rin uchun uchrashuv
Vetnam - Janubiy Koreya - 2:2
Penaltilarda: 7:6
Gollar: 30' 1:0 - Nguyen Quok Viet, 69' 1:1 - Kim Tae-Von, 71' 2:1 - Nguyen Din Bak, 90+7' 2:2 - Shin Min-Xa.
Qizil kartochka: 86 - Nguyen Din Bak (Vetnam).

Manba: www.stadion.uz.