U-20 jahon chempionatining ikki mezboni Toshkentda kuch sinashadi. Vakillarimizning o'yin uchun qaydnomasi ma'lum

O'zbekiston U-18 terma jamoasi 5 oktyabr kuni Milliy futbol markazida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi yoshlarimiz yig'in doirasida 9, 12 oktyabr kunlari FIFA U-20 Jahon chempionatining yana bir mezboni — Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Bosh murabbiy tomonidan yig'inga quyidagi futbolchilar jalb etildi:
Darvozabonlar: Bogdan Odinaev ("Bunyodkor"), Alishan Abdutolipov ("Olimpik Mobiuz"), Akbar Masharipov ("Xorazm"), Sirotillo Yusufxonov ("Navbahor").
Himoyachilar: Shorahim Shorahmedov ("Bunyodkor"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Behruz Erkinov ("Surxon"), Ozod Odiljonov (Andijon FA), Ozod Najmiddinov ("Nasaf"), Abdulvosid Soliev (OKMK), Saddam Ahmadov ("Olimpik"), Behruz Karimov ("Surxon").
Yarim himoyachilar: Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Diyor Tojiev ("Olimpik"), Abdulfayz Bobomurodov ("Bunyodkor"), Fazliddin Omonkeldiev ("So'g'diyona"), Quvonchbek Saidaliev ("Paxtakor"), Jasur Jumaboev ("Lokomotiv"), Ulug'bek Maratov ("Olimpik Mobiuz"), Shohjahon Abdumannopov ("Sho'rtan").
Hujumchilar: Davron To'laganov ("Paxtakor"), Diyor Tojiboev ("Olimpik Mobiuz"), Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Sirojiddin Jumadullaev ("Lokomotiv").