U-20 Jahon chempionatida pley-off juftliklari aniq bo'ldi

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1/8 finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi. Turnir Chilida bo'lib o'tmoqda.
1/8 finalda quyidagi juftliklar o'ynaydi:
Chili - Meksika;
Argentina - Nigeriya;
Ukraina - Ispaniya;
Kolumbiya - JAR;
AQSh - Italiya;
Marokash - Janubiy Koreya;
Paragvay - Norvegiya;
Yaponiya - Frantsiya.
Yangi Zelandiya, Misr, Panama, Braziliya, Kuba, Avstraliya, Yangi Kaledoniya va Saudiya Arabistoni jamoalari pley-offga chiqa olmadi. Frantsiya, Nigeriya, Janubiy Koreya va Ispaniya terma jamoalari o'z guruhlarida 3-o'rin bilan 1/8 finalga yo'l oldi.
Turnir 19 oktyabr kuni yakunlanadi. 2023 yilgi jahon chempionatida Urugvay terma jamoasi g'olib chiqqan edi.