U-17 Osiyo kubogi. Yarim final. O'zbekiston Yaponiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi

Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi davom etmoqda.
Biroz avval O'zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi yarim final o'yinini o'tkazdi va penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.
Asilbek Aliev 28-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. "Kun chiqar yurt" vakillari hakam tomonidan o'yinga qo'shilgan 90+6-daqiqada gol urib, bahsni penaltilar seriyasigacha cho'za olishdi.
Penaltilar seriyasidaga yaponlar aniqroq harakat qilishdi - 2:3.
Yaponiya finalda Xitoy - Avstraliya juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi.
U-17 Osiyo kubogi. Yarim final
19.05.2026, 20:00. King Abdullah Sports City Hall Stadium (Jidda)
Yaponiya - O'zbekiston - 1:1
Gol: 28' 0:1 - Aslibek Aliev (penaltidan), 90+6' 1:1 - Chimezie Ezemuokve
Penaltilar seriyasi: 3:2
Hakamlar: Harish Kundu (Hindiston), Arun Pillai (Hindiston), Pattarapong Kijsathit (Tailand), Vivat Jumpaun (Tailand).
Yaponiya: Kosei Oshita, Antoni Udemba, Takeshi Vada, Eito Takaki (Kakeru Saito, 74), Maki Kitahara, Chimezie Ezemuokve, Ryoma Tsuneyoshi (Tafuku Satomi, 46), Kazato Kimura (Rekuto Shiraogava, 61), Yoshiki Fujimoto (Sora Ivatsushi, 46), Yoshito Kumada, Arata Okamoto (Sosuke Hoshi, 82).
Zaxira: Rento Kida, Koki Takahashi, Yuto Ivashita, Yuzo Takeuchi, Kaiji Chonan, Shun Tatemi, Koki Kurahashi.
O'zbekiston: Olimjon Shomurotov, Muhammad Hakimov, Muhammad Mamatov (Mirkomil Murodov, 46), Amirxon Erkinov, Islom Ravshanov, Asilbek Aliev (Laziz Abduraimov, 70), Suhrob Sadirjonov (Muhammadodilxon Orifxonov, 64), Mirjamol Anvarov, Adis Abdunabiev (Mashhur Abdisoliev, 64), Ahror Ravshanbekov, Abubakir Rahimov.
Zaxira: Mehroj Sirojiddinov, Abdulboriy Zoidjonov, Elsevar Olimov, Nurmuhammad O'ktamov, Jahongirmirzo O'ktamboev, Farruh Hayitmurodov, Rustam Aliev.