U-17 Osiyo kubogi: O'zbekiston o'smirlari bugun Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

Saudiya Arabistonida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi turida O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalari kuch sinashadi.
Bugun, Sergey Chigodaev qo'l ostidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichi doirasida Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, har ikki jamoa ham dastlabki o'yinlarida muvaffaqiyat qozonib, Qatarda o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Bugungi o'yin guruhdagi yakuniy o'rinlarni belgilab berishi kutilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.