Portugaliya o'smirlar terma jamoasi Jahon chempionati nimchorak finalida Meksikani yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Bahsda Rafael Kvintas (15), Anisio Kabral (48), Zeega (81), Migel Figeyredo (83) va Yoan Pereyra (85) gollarga mualliflik qildi.

Meksikaliklardan Santyago Lopes 88-daqiqada qizil kartochka oldi.

Portugaliya navbatdagi bosqichda Shveytsariya - Irlandiya uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Manba: www.stadion.uz.